Rossiyadan 56 nafar o‘zbekistonlik jinoiy javobgarlikka tortish uchun qaytarildi

Rossiyadan 56 nafar o‘zbekistonlik jinoiy javobgarlikka tortish uchun qaytarildi

Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan 56 nafar O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaning Novosibirsk shahridagi aeroportdan maxsus reys bilan qaytarilmoqda. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi "Gazetauz". 

Rossiya Federasiyasi Bosh prokuraturasi odam o‘ldirishga urinish, talonchilik, o‘g‘irlik va boshqa jinoyatlarda ayblanyotgan fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha murojaatlarni qondirganligini aytmoqda.

Bundan tashqari, Rossiya Federasiyasi O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar sudining bir guruh shaxslar tomonidan giyohvand moddalarni noqonuniy sotishga uringani uchun chiqargan hukmini ijro etish uchun fuqaroni ekstradisiya qilish to‘g‘risidagi so‘rovini qondirdi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!