Ukraina urushida Rossiyaning kamida 53 586 askari halok bo‘lgan — OAV

Ukraina urushida Rossiyaning kamida 53 586 askari halok bo‘lgan — OAV

Ukraina urushida Rossiyaning kamida 53 586 askari halok bo‘lgan.

Rossiyaning “Mediazona” nashri va BBC rus xizmati 17 may, juma kuni Rossiyaning Ukrainaga hujumi natijasida rus armiyasining yo‘qotishlari haqidagi xulosani yangiladi. Jurnalistlar va ko‘ngillilar jamoasi ochiq manbalardan Rossiya Qurolli kuchlarining 53 586 nafar harbiy xizmatchisi, shu jumladan kamida 6 441 nafar safarbar qilinganlar halok bo‘lganini tasdiqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Ikki hafta ichida kamida 1431 askar frontda halok bo‘ldi. Bu 2022 va 2023 yillardagi o‘rtacha yo‘qotishlardan yuqori, deyiladi matnda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!