Hindiston va Pokiston o‘z aholisini Qirg‘izistonda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

Hindiston va Pokiston o‘z aholisini Qirg‘izistonda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

Hindiston va Pokistonning Qirg‘izistondagi elchixonalari o‘z vatandoshlarini respublikada ehtiyot choralariga rioya qilishga chaqirdi.

Bu haqda diplomatik vakolatxonalar xabarlariga tayanib, “TASS” yozmoqda.

Pokiston elchixonasi notinchliklar paytida Hindiston, Pokiston va Bangladeshdan kelgan talabalar yashaydigan universitet yotoqxonalariga hujum uyushtirilganini qayd etdi.

Hindiston va Pokiston diplomatik vakolatxonalari o‘z vatandoshlarini Qirg‘izistonda vaqtincha ko‘chaga chiqmaslikka chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!