Danone o‘zining Rossiyadagi biznesini sotishini e’lon qildi

Danone o‘zining Rossiyadagi biznesini sotishini e’lon qildi

Fransiyaning Danone kompaniyasi o‘zining rus biznesini Vamin Rga sotish bo‘yicha bitim tugaganini e’lon qildi. Bitim tafsilotlari keltirilmagan.

RBK ta’kidlaganidek, Vamin R ning 99 foizi sut ishlab chiqaruvchi Vamin Tatataristonga, 1 foizi esa Checheniston qishloq xo‘jaligi vazirining sobiq o‘rinbosari Ruslan Alisultanovga tegishli.

Mart oyida Danone Rossiya regulyatorlaridan kelishuv uchun ruxsat olganini aytdi. Financial Times gazetasining yozishicha, Vamin Tatariston Danonening Rossiya bo‘linmasini nazorat qilish uchun 17,7 milliard rubl to‘lashga tayyor.

Danone sut mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri bo‘lib, 140 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi. Danone Rossiyaga 1992 yilda kelgan. Kompaniyaning Rossiyadagi aktivlari Danone Russia OAJ sifatida ro‘yxatga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!