Fisoga suiqasd qilishda gumonlangan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin

Fisoga suiqasd qilishda gumonlangan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin

Slovakiya Bosh vaziri Robert Fisoga suiqasd qilishda gumonlangan shaxs Yuray Sintula umrbod qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin.

Bu haqda SME nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi 71 yoshda bo‘lib, avval savdo markazida qo‘riqchi bo‘lib faoliyat yuritgan. Gumondor bugun, 18 may kuni kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida sud zaliga olib kelindi. Unga qasddan suiqasd uyushtirish aybi qo‘yilgan.

Sintula sud davomida qilgan ishidan afsusda emasligini ta’kidladi. U amaldagi siyosatdan norozi bo‘lgani uchun hukumat rahbariga qarata o‘q uzganini bildirdi. Aniqlanishicha, u bosh vazirni o‘ldirmoqchi emas, balki jarohatlamoqchi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Fisoga suiqasd 15 may kuni Slovakiya hukumati yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgan Gandlova shaharchasida sodir bo‘lgan. Bosh vazir olomon orasidan o‘tayotganda odamlardan biri unga ismini aytib murojaat qilgan, so‘ng to‘pponchani chiqarib, o‘q otishni boshlagan. Shundan so‘ng, gumondor voqea joyida qo‘lga olingan. Fisoga uchta o‘q tekkan. Uning ahvoli barqaror, ammo og‘ir ekani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!