Sirdaryodagi muruvvat uyida ruhiy nosog‘lom ayolni mazax qilishdi

Sirdaryodagi muruvvat uyida ruhiy nosog‘lom ayolni mazax qilishdi

2024 yilning 17 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida yashaydigan ruhiy nosog‘lom ayolning ustidan mazax qilingani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga borib o‘rganildi.

Aniqlanishicha, ayolni mazax qilgan xodimalar ushbu muassasaga autsorsing asosida xizmat ko‘rsatadigan tadbirkorlik sub’ektida ishlagan. Ular muassasa hududida erkin sayr qilib yurgan YA.S.ni shifokor, hamshira va kichik tibbiy xodimlar (enaga) ruxsatisiz oshxona binosiga olib kirib, ruhiy holatini bila turib mazax qilishgan. Mazkur olingan video tasvir oshxonada ishlovchi xodimlarning telegram gruppasiga tashlagan.

S.YA.da aqli zaiflikning og‘ir darajasi sababli xulq atvor buzilishi bilan kechuvchi ruhiy holat tez-tez kuzatiladi. (Ya’ni doimiy ravishda yaqin qarindoshlarini eslab uyimga jo‘nating yoki chaqirib bering deb yig‘lash holatlari yuzaga keladi.)

2024 yil 17 may kuni Sirdaryo “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi rahbari Sirdaryo tumani Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, X.M. va SH.O.larning xatti-harakatiga O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi” Qonuning 3 va 4-moddalari yuzasidan qonuniy chora ko‘rishlik bo‘yicha murojaat qilgan.

Ma’lum qilinishicha, xodimalar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan va ular vazifasidan ozod qilingan.

Hozirgi kunda Sirdaryo tumani IIB tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Ombudsman mintaqaviy vakili S.YA. va uning shifokori bilan suhbatlashganda kayfiyati va ruhiy holati yaxshi ekani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, inson sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat.Hech kimni uni toptashga va poymol qilishga haqqi yo‘q!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!