Urganchda elektrdan noqonuniy foydalangan AYOQSh aniqlandi

Urganchda elektrdan noqonuniy foydalangan AYOQSh aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumanda faoliyat yurituvchi “J.T.O.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘rnatilgan 1 dona elektr quvvatlash uskunasini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 220,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!