«Chirchiq» daryosining aholiiga xavf solib turgan qismi tozalandi

«Chirchiq» daryosining aholiiga xavf solib turgan qismi tozalandi

«Chirchiq» daryosining o‘zanini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari olib borilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ishchi guruhi rahbarligida Toshkent viloyati FVDT tarkibiga kiruvchi korxona, tashkilotlar ishtirokida Quyichirchiq tumani «Abay» MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Chirchiq» daryosining aholi xonadonlariga xavf solib turgan qismida sel oqimlari va toshqin suvlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborish maqsadida, o‘zanini tozalash va qirg‘oqlarini shpora qilish yo‘li bilan mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ushbu hududlarda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev mutasaddilar ishtirokida o‘rganish ishlarini olib borib, tegishli ko‘rsatmalar bergan edi.

Ushbu aholini va hududlarni muhofaza qilish tadbirlarga 2 ta ekskovator, 2 ta buldozer, 2 ta yuklagich (pogruzchek) 30 dan oshiq yuk tashish texnikalari hamda 100 dan oshiq shaxsiy tarkib jalb etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!