AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Uzra Zeya O‘zbekistonga tashrif buyuradi

AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Uzra Zeya O‘zbekistonga tashrif buyuradi


AQSh Davlat kotibining fuqarolik xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya 19—23 may kunlari Ostona va Toshkentga amaliy tashrif bilan boradi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz muxbiri.

Sayohatdan maqsad demokratik boshqaruv, qonun ustuvorligi, inson huquqlari va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini himoya qilish, shuningdek, diniy e’tiqod erkinligi masalalarini muhokama qilishdan iborat.

Toshkentda Uzra Zeya «Mintaqaviy muloqot» tashkiloti tomonidan konstitusiyaviy jinoyat prosessiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanda ma’ruza qiladi. Anjuman O‘zbekistonda inson huquqlarini mustahkamlash va odil sudlovdan teng foydalanishga qaratilgan konstitusiyaviy islohotlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan.

Davlat kotibi o‘rinbosari, shuningdek, yuqori lavozimli amaldorlar, fuqarolik jamiyati vakillari va inson huquqlari himoyachilari bilan uchrashib, gender tengligini oshirish, gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi kurashish, diniy erkinlikni qo‘llab-quvvatlash va aholining zaif qatlamlarini himoya qilish masalalarini muhokama qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!