Afg‘onistonda sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning g‘arbiy G‘or viloyatida kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi.

Afg‘onistonda o‘tgan haftadan beri, xususan, mamlakatning shimoliy hududlarida keng ko‘lamli suv toshqinlari davom etmoqda.

G‘or viloyati gubernatori matbuot kotibi Abdulvohid Xamasga ko‘ra, 17 maydan beri mintaqada davom etayotgan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan.

Xamasning qayd etishicha, Firuzkuh (Chag‘charon) hududida 2000 ta uy zarar ko‘rgan, 1000 ga yaqin chorva mollari nobud bo‘lgan va qishloq xo‘jaligi erlari suv ostida qolgan.

Avvalroq BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) hisobotida Afg‘onistonning Bag‘lon viloyatida sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida kamida 300 kishi halok bo‘lgani aytilgandi.

10-11 may kunlari mamlakatda sodir bo‘lgan kuchli suv toshqinlari Bag‘lon, Badaxshon va Taxar viloyatlarida kuzatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!