O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi maxfiy harbiy ma’lumotlar bo‘yicha bitim ma’qullandi

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi maxfiy harbiy ma’lumotlar bo‘yicha bitim ma’qullandi

Oliy Majlis senatining navbatdagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan AQSh Mudofaa vazirligi o‘rtasida maxfiy harbiy ma’lumotlarni himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi bitimni ratifikasiya qilish haqida”gi Qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Bu bitim Vashingtonda 2023 yil 9 iyunda imzolangan.

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Ravshanbek Alimovning aytishicha, jahondagi va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat, mavjud harbiy tahdidlar – O‘zbekiston Respublikasi Qurollik kuchlarining rivojlangan davlatlar, jumladan, AQSh bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishini taqozo etmoqda.

Bitim loyihasi o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lib, muqaddima va 25 ta moddadan iborat. Qonun senatorlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!