Uzbekistan Airways Qanot Sharq aviakompaniyasidan ikkita A330 samolyotini ijaraga oldi

Uzbekistan Airways Qanot Sharq aviakompaniyasidan ikkita A330 samolyotini ijaraga oldi

Uzbekistan Airways Qanot Sharq xususiy aviatashuvchisidan ikkita keng fyuzelyajli uzoq masofali Airbus A330 samolyotini lizingga oldi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar qildi.

Bitim bir yil muddatga imzolandi. Ushbu davr mobaynida havo kemalari (ro‘yxatga olish raqamlari UK33020 va UK33021) Uzbekistan Airways logotipi va yozuvlari bilan parvoz qiladi.

Avialaynerlar uzoq masofalarga, 4 soatdan ortiq amalga oshiriladigan parvozlarga mo‘ljallangan. Dastlabki bosqichda havo kemasidan Toshkentdan Istanbulga, keyinchalik Jidda va Seul qatnovlarida foydalanish rejalashtirilgan. Havo kemasi Rolls-Royce Trent 700 dvigatellari bilan jihozlangan. Ilk aviaqatnov HY281/282 Toshkent-Istanbul-Toshkent yo‘nalishida amalga oshirilishi 20 may kuni rejalashtirilgan.

Uzbekistan Airways ilk bor 2023 yil aprel oyida A330 samolyotlaridan foydalanishni boshlagan. Ikkita shunday samolyot ham Litvaning Heston Airlines aviakompaniyasidan ijaraga olingan. Ekipajlar chet el fuqarolaridan iborat edi. Ayni paytda ikkala samolyot ham egasiga qaytarilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!