Rossiyadan 4 yil ichidagi eng ko‘p miqdorda pul olib chiqildi

Rossiyadan 4 yil ichidagi eng ko‘p miqdorda pul olib chiqildi

2018 yilning ilk 10 oyida Rossiyadan olib chiqilgan kapital 42,2 mlrd dollarni tashkil qildi. Bundan Rossiya Markaziy banki ma’lumotlari darak bermoqda. Bu miqdor 2017 yilning shu davriga nisbatan 3 marta ko‘proqni va 2014 yildan beri eng katta ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, kapital chiqishiga ikkita asosiy omil: banklarning tashqi qarzni uzish bo‘yicha operasiyalari va iqtisodiyotning boshqa sektorlarining xorijiy aktivlarga sarmoyasi ta’sir ko‘rsatgan.

Avvalroq kapital chiqishi yanvar-sentyabr oylari bo‘yicha 31,9 mlrd dollarni tashkil qilgani ma’lum qilingan. Shu tariqa, Rossiyadan oktyabrda 10,3 mlrd dollar olib chiqilgan.  

Bank prognoziga ko‘ra, yil yakuniga ko‘ra Rossiyadan olib chiqilgan kapital miqdori 66 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin. Bu esa Rossiyaga qarshi ilk sanksiyalar kiritilgan 2014 yildan keyingi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ladi. O‘shanda xorijga olib chiqilgan kapital miqdori 152 mlrd dollarni tashkil qilgan. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!