Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda "Fontanka" xabar berdi.

10 yanvar kuni tushdan keyin Tuchkov Buyan hududidagi qurilish maydonchasida ishchi balandlikdan qulab tushgan. Natijada voqea joyida halok bo‘ldi. 37 yoshli erkak Sankt-Peterburgga O‘zbekistondan kelgan bo‘lib, uni yakka tartibdagi tadbirkor ishga yollagan.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 216-moddasi («Qurilish yoki boshqa ishlarni bajarishda xavfsizlik qoidalarini buzish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!