Rossiyada Su-35 harbiy samolyot halokatga uchradi

Rossiyada Su-35 harbiy samolyot halokatga uchradi

Uzoq Sharqda Rossiyaning Su-35 ko‘p maqsadli super manevrli qiruvchi samolyoti halokatga uchragan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Xabarovsk o‘lkasida mashqlar paytida Oxota dengiziga qulagan.
TASSning Sharqiy harbiy okrug (VVO) matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, uchuvchi katapulta qilishga muvaffaq bo‘lgan, u tirik, uning sog‘lig‘iga hech qanday xavf yo‘q.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga sabab, rejalashtirilgan parvoz paytida dvigatelning ishlamay qolishi bo‘lgan.

"2021 yil 31 iyulda Xabarovsk o‘lkasida rejalashtirilgan o‘quv parvozlari paytida Su-35S samolyotida dvigatel ishlamay qoldi. Uchuvchi katapulta qilgan, darhol qidiruv guruhi tomonidan topilgan va o‘z aerodromiga yetkazilgan. Uchuvchining salomatligiga hech qanday xavf yo‘q”, - deyiladi VVO telekanalida.

Matbuot xizmati aniqlik kiritishicha, harbiy okrug komissiyasi hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

O‘z navbatida "112" telegram kanali samolyot Komsomolsk-na-Amur shahridagi Dzemgi aeroportidan havoga ko‘tarilgani haqida xabar bergan. Parvoz boshlanganidan to‘rt daqiqa o‘tgach, uchuvchi sakragan va samolyot Saxalin tomon uchishda davom etgan.

Avvalroq, Kemerovo viloyatida bortida parashyutchilar bo‘lgan yengil motorli L -410 samolyoti qo‘nayotganda qulab tushgani haqida xabar berilgan edi. Natijada to‘rt kishi vafot etgan, yana 15 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!