Rossiyada bolalarga nos sotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi (VIDEO)

Rossiyada bolalarga nos sotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi (VIDEO)

Rossiyaning Kirov shahrida maktab o‘quvchilariga nos sotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Mesto proisshestviya dasturida ma’lum qilindi.

Guvohlar o‘zbekistonlik migrant Markaziy bozor oldida kechayu kunduz taqiqlangan modda sotganini ma’lum qilishgan. Qo‘lga olingan shaxs bolalarga nos sotganini inkor qildi.

Mazkur fuqaroning uyi tintuv qilinganda u yerdan besh kilogrammdan ortiq nos topilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!