Rossiya Sovet Ittifoqini tiklashga intilyaptimi?

Rossiya Sovet Ittifoqini tiklashga intilyaptimi?

Rossiya Sovet Ittifoqini qaytarishga intilmayapti. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya tarkibiga yangi hududlarni kiritish bo‘yicha kelishuvlar imzolanishi marosimida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

“1991 yilda Belovejskaya Pushada oddiy fuqarolarning qiziqishi so‘ralmadi va ular o‘z vatanidan mahrum bo‘ldi. Bu esa milliy falokatga aylandi. SSSRning so‘nggi rahbarlari xalq irodasiga zid ravishda buyuk mamlakatni vayron qildi. Tan olaman, ular nima qilayotganlarini va bu qanday oqibatlarga olib kelishini to‘liq tushunmagan. Sovet Ittifoqi yo‘q. O‘tmishni qaytarib bo‘lmaydi. Ha, Rossiyaga ham bu kerak emas. Biz bunga intilmayapmiz”, dedi Putin.

Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentyabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federasiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tgan edi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.

MSKlar hisobotiga ko‘ra, umumxalq referendumlarida to‘rt kun davomida DXRda – 97,51 foiz, LXRda – 92,6 foiz, Zaporojye viloyatida – 85,4 foiz, Xerson viloyatida – 76,86 foiz aholi saylovlarda ishtirok etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!