G‘arbiy Sohilda turk faoli otib o‘ldirildi

G‘arbiy Sohilda turk faoli otib o‘ldirildi

Turk faoli Ayshenur Ezgi Eygi ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda Isroil askarlari tomonidan otib o‘ldirildi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari Beytta shahrida ishg‘olga qarshi namoyishchilarga o‘q bilan hujum qilgan.

Falastinning rasmiy xabar agentligi Wafa xabariga ko‘ra, AQSh fuqaroligiga ham ega bo‘lgan Eygi boshidan o‘q yegan va shifoxonaga olib ketilgan.

«Anadolu» muxbiri bilan suhbatda Nablusdagi Rafidiya davlat kasalxonasi direktori Fuad Nafiya ko‘rilgan barcha choralarga qaramay ayolni qutqarib bo‘lmaganini aytdi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi turkiyalik faolning o‘ldirilishi yuzasidan bayonot berdi.

«Ayshenur Ezgi Eigi ismli fuqaromiz G‘arbiy Sohildagi Nablusda isroillik bosqinchilar tomonidan o‘ldirilganini chuqur afsus bilan bilib oldik. Marhumga Allohdan rahmat, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz», — deyiladi xabarda.

«Insoniyatga qarshi jinoyat sodir etgan Isroil rasmiylari va ularni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayotganlar xalqaro sudlarda javobgarlikka tortiladi», — deyiladi departamentda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!