Putin sud kursisida o‘tirishi kerak — Xalqaro jinoiy sud prokurori

 Putin sud kursisida o‘tirishi kerak — Xalqaro jinoiy sud prokurori

XJS prokurori Karim Xonning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatlarda ayblanib, oxir-oqibat xalqaro instansiyalarda sudga tortilgan boshqa davlat rahbarlari kabi Putin ham xuddi shunday taqdirga duch keladi.

"Sobiq Yugoslaviya tribunali Karajich va Mladichni hibsga olishga order so‘raganida, yoki Syerra-Leone bo‘yicha maxsus sud sobiq prezident Charlz Teylorni hibsga olishga order berganida, odamlar kulishgan edi. Lekin tarix ko‘rsatdiki, o‘tmishda o‘z mamlakatida va mintaqasida katta kuchga ega bo‘lgan shaxslar sudning qora kursisida o‘tirdilar", — deya ta’kidladi XJS prokurori BBC bilan suhbatda.

Xon XJS Rossiya prezidentini hibsga olishga order berishga qaror qanday qabul qilganiga izoh berdi. Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqtlargacha u Putinning Ukrainaga bostirib kirishga qaror qilishiga ishonmagan.

"Ammo ular buni amalga oshirishganda, men bu bo‘yicha tergovni boshlashimiz kerak deb qaror qildim. Men voqea joyiga bordim, tafsilotlarni, dalillarni, vayronagarchilikni ko‘rdim. Turli odamlarning so‘zlarini, jumladan Vladimir Putin va Mariya Lvova-Belovaning bayonotlarini eshitdim. Jinoyat uchun javobgarlik va qonunlarga rioya qilishning qat’iyligini ta’minlash murakkab jarayon emas", — deya izoh berdi Karim Xon.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!