Germaniya ayrim davlatlar bilan quruqlik chegaralarida pasport nazoratini uzaytiradi

Germaniya ayrim davlatlar  bilan quruqlik chegaralarida pasport nazoratini uzaytiradi

Germaniya 2024 yil dekabridan keyin Polsha, Chexiya, Avstriya va Shveysariya bilan quruqlik chegaralarida pasport nazoratini uzaytiradi.

Bu haqda Germaniya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Maksimilian Kal Berlindagi DW muxbirining savoliga javob berar ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Feser Germaniyaning tashqi chegaralarida nazoratni saqlab qolish zarurligini allaqachon ochiq aytgan.

«Ushbu chegara nazorati, ehtimol, Yevropa boshpana tizimiga asoslanadigan, sezilarli darajada mustahkamlangan Yevropa tashqi chegaralarini himoya qilish tizimi joriy etilmaguncha zarur bo‘lib qoladi», dedi Germaniya ichki ishlar vazirligi vakili.

Ichki ishlar vazirligi Shengen bitimida ishtirok etuvchi boshqa davlatlar bilan chegaralarda pasport nazorati joriy etilishi yoki yo‘qligi bo‘yicha qarorni hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda qabul qiladi, dedi Maksimilian Kal.

Germaniya futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qilgan 7 iyundan 19 iyulga qadar uning chegaralarining butun perimetri bo‘ylab pasport nazorati joriy qilingan edi. Iyul oyi o‘rtalarida Germaniya Ichki ishlar vazirligi Daniya, Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg va Fransiya bilan chegaralarda chegara nazorati bekor qilinishini, biroq Polsha, Chexiya, Shveysariya va Avstriya bilan ham saqlanib qolishi haqida e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!