Bahrayn qiroli 450 dan ortiq mahbusni afv etdi

Bahrayn qiroli 450 dan ortiq mahbusni afv etdi

Bahrayn qiroli Hamad bin Iso al-Xalifa chorshanba kuni hukmronligining 25 yilligi munosabati bilan 457 mahbusni afv etdi.

“Qirollik afv etishi oliy hazratlarining ijtimoiy totuvlikni mustahkamlash, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini qo‘llab-quvvatlash istagini aks ettiradi”, — deya xabar beradi Bahrayn axborot agentligi.

Mamlakat rasmiylariga ko‘ra, mazkur qaror mahkumlarning huquqiy javobgarligini insonparvarlik va ijtimoiy ahvoli bilan muvozanatlash, ularning jamiyatga qayta moslashishiga imkon yaratishga qaratilgan.

“Bunday yondashuv Bahraynning inson huquqlariga sodiqligi va mintaqadagi muhim mavqeiga mos keladi”, — deyiladi bayonotda.

Bahrayn Vakillar palatasi (parlamenti) spikeri so‘zlariga ko‘ra, avf etish jamiyatni birlashtirishga yordam beradi.

“Afv etilishi janob hazratlarining rahm-shafqati va barcha fuqarolar farovonligiga sodiqligini ko‘rsatadi. Bu qadam oilaviy rishtalarni mustahkamlaydi va afv etilganlarning jamiyatga qayta integrasiyalashuviga yordam beradi, ijtimoiy hamjihatlikni rag‘batlantiradi”, — dedi Bahrayn Vakillar palatasi (parlamenti) spikeri Ahmad bin Salmon al-Musallam.

Joriy yilning aprel oyida qirol Hamad kumush yubileyi munosabati bilan 1584 mahbusni, jumladan, ommaviy tartibsizliklar va jinoiy ishlarda ayblanganlarni afv etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!