Air Samarkand texnik xizmatdan so‘ng Samarqandga qaytgan Airbus A321 da Istanbulga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Air Samarkand texnik xizmatdan so‘ng Samarqandga qaytgan Airbus A321 da Istanbulga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Air Samarkand Airbus A321 samolyotining (bort raqami UK-32120) Birlashgan arab amirliklarida keng texnik xizmat ko‘rsatishdan so‘ng Samarqanddagi bazasiga qaytarilishini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Amalga oshirilgan ishlar doirasiga uzoq vaqt davomida samolyotlarning ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlaydigan tizimlarni har tomonlama tekshirish va modernizasiya qilish kiradi.

Texnik xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda samolyot O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviasiyasi agentligi tomonidan yangi CA 236 raqamli parvozga yaroqlilik davlat sertifikatini qo‘lga qiritdi. Ushbu sertifikat samolyotning xalqaro va milliy standartlarga muvofiq xavfsiz faoliyatga to‘liq tayyorligini tasdiqlaydi.

Samolyot salonida alohida qulaylikka ega 12 o‘rinli biznes-klass, shuningdek, 31-32 dyuymli 182 ta ekonom-klass o‘rindiqlari joylashgan.

Yaqin kunlarda samolyot shanba kuni Istanbulga qo‘shimcha reysni yo‘lga qo‘yilishi bilan muntazam reyslarni amalga oshirishni boshlaydi. Shunday qilib, 14 sentyabrdan boshlab Air Samarkand Samarqanddan Istanbulga haftasiga uchta reys tashkil etadi va kelajakda parvozlar chastotasini yanada oshirish rejalashtirmoqda. Aviakompaniyaning bosh hamkori EasyBooking.uz agentligi xisoblanadi.

Air Samarkand o‘z xizmatlari sifatini oshirish va yo‘nalishlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. Airbus A321 samolyotining parvoz dasturiga kiritilishi kompaniyaning xalqaro parvozlar tarmog‘ini kengaytirish va milliy aviasiya bozoridagi mavqeini mustahkamlash bo‘yicha muhim qadamdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!