Farg‘onada ko‘ngilli fuqaro xonadonida 100 ga yaqin qarovsiz qolgan itlar saqlanmoqda

Farg‘onada ko‘ngilli fuqaro xonadonida 100 ga yaqin qarovsiz qolgan itlar saqlanmoqda



16 avgust – «Uysiz hayvonlar xalqaro kuni» hayvonlarni muhofaza qilish – hayvonlarni saqlash va ular bilan muomalada bo‘lishni yaxshilashga, hayvonlar bilan shafqatsiz muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan faoliyat.

Shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari «Sevimli» telekanalining viloyat muxbirlari bilan birgalikda hayvonlarni vaqtincha saqlanayotgan ushbu xonadonda bo‘lib, u yerdagi saqlanayotgan hayvonlarning salomatligi, ularga yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdi.

- Ayni paytda mazkur markazda 96 ta daydi itlar saqlanadi. Ularga esa, bir kunda 25 kilogrammgacha go‘sh va boshqa turdagi yeguliklar berib borilmoqda. Bundan tashqari bu yerdagi barcha itlar maxsus veterinar ko‘rigidan o‘tkazilib turiladi, maqsad kasalliklar va itlarni ko‘payib ketishini oldini olib borish, - deydi xonadon egasi.

Mazkur xonadonda saqlanayotgan itlar haqida ko‘rsatuv tayyorlanib, «Sevimli» telekanali orqali efirga uzatilishi rejalashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!