Turkiya bilan turizm sohasida erishilgan kelishuvlar ijrosi muhokama qilindi

Turkiya bilan turizm sohasida erishilgan kelishuvlar ijrosi muhokama qilindi


Turizm qo‘mitasi raisi U.Shadiyev va Turkiya madaniyat va turizm vazirligi vakillari o‘rtasida videokonferensiya orqali uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda bu davlatda turizm sohasida ilg‘or tadqiqotlarni amalga oshirib kelayotgan Kappadokiya universiteti rektori ham ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida 28-29 avgust kunlari O‘zbekistonga tashrif bilan bo‘lgan Turkiya madaniyat va turizm vaziri M.Ersoy bilan turizm sohasida erishilgan qator kelishuvlarning bugungi kundagi ijro holati, bajarish mexanizmlari va qisqa muddatli rejalar batafsil muhokama qilindi.

Asosiy e’tibor, vazir M.Ersoyni qabul qilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz turizm sektorini yanada rivojlantirishda Turkiyaning ilg‘or tajribasini tadbiq etish borasida qo‘yilgan topshiriq va vazifalarning sifatli va o‘z vaqtidagi bajarish choralarini ko‘rishga qaratildi.

Jumladan, turk ishbilarmonlari va sarmoyadorlarini O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish va xususiylashtirish loyihalariga faol jalb etish, turk tajribasi asosida turizm sohasi kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish, Kappadokiya universiteti ko‘magida istiqbolli turizm maskanlarining master-rejalarini yaratish bo‘yicha hamkorlik qilish, turizm sohasiga aloqador vazirlik va idoralar (transport, investisiya, marketing, davlat aktivlarini boshqarish va boshqalar) vakillarining Turkiyaga tajriba o‘rganish uchun safarlarini tashkil qilish va boshqa qator masalalar bo‘yicha tegishli kelishuvlarga erishildi.

Bundan tashqari, M.Ersoy tashrifi yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan va tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi» bandlari alohida muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!