Durov Fransiyada hibsga olingan paytida kimlarning yordamini rad etdi?

Durov Fransiyada hibsga olingan paytida kimlarning yordamini rad etdi?

Pavel Durov Fransiyada hibsga olingan paytida Rossiya va BAAning diplomatik yordam ko‘rsatishini rad etdi.

"Durov Rossiya konsulligi himoyasi va BAA konsulligi tashrifidan bosh tortdi, ammo BAA elchixonasini o‘z holati haqida xabardor qilishga rozi bo‘ldi", — deya ma’lum qildi fransuz rasmiylaridan biri.

BAA diplomatik xizmati xodimi Politico nashriga diplomatlar Fransiya rasmiylari bilan ham, Pavel Durov vakillari bilan ham aloqada ekanligini tasdiqladi.

Durov Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Fransiya hamda Karib dengizidagi Sent-Kits va Nevis davlatlari fuqaroligiga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!