Ukraina Oliy Bosh qo‘mondoni: «Biz Rossiya hujumini to‘xtatdik. 6 kundan beri ular bir metr ham qimirlamadi!»

Ukraina Oliy Bosh qo‘mondoni: «Biz Rossiya hujumini to‘xtatdik. 6 kundan beri ular bir metr ham qimirlamadi!»

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy so‘nggi 6 kun ichida Rossiya qo‘shinlari Pokrovskiy yo‘nalishida oldinga o‘ta olmayotganini ma’lum qildi. Ukraina strategiyasi Rossiyani manevr qilish qobiliyatidan mahrum qilish va boshqa tomomlarda zaiflashtirish orqali ishlaydi.

«So‘nggi olti kun ichida dushman bu yo‘nalishda bir metr ham oldinga siljimadi». Bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy ma’lum qildi.

Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina strategik ahamiyatga ega Pokrovsk shahri hududida juda katta bosim ostida edi.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni, shuningdek, artilleriya hujumlari soni va Rossiya armiyasining hujumi shiddati kamayganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!