«Telegramga shikoyat qilishlari kerak edi»

«Telegramga shikoyat qilishlari kerak edi»

Durovning aytishicha, fransuz rasmiylari uni hibsga olish emas, balki Telegramga shikoyat qilishlari kerak edi.

Telegram xabar almashish ilovasi asoschisi, Fransiyada tergov qilinayotgan Pavel Durov juma kuni erta tongda fransuz hukumati uni hibsga olishdan ko‘ra, o‘z shikoyatlari bilan uning kompaniyasiga murojaat qilishi kerakligini aytdi.

O‘tgan oy hibsga olinganidan beri o‘zining Telegram kanalida birinchi ommaviy izohlarini yozgan Durov ilovani «anarxik jannat» degan har qanday taklifni rad etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ilova bo‘yicha tergov hayratlanarli, chunki Fransiya rasmiylari u o‘rnatishda yordam bergan «qaynoq liniya»ga kirish imkoniga ega bo‘lgan va ular istalgan vaqtda Telegram’ning Yevropa Ittifoqi vakili bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lgan.

«Agar mamlakat internet xizmatidan norozi bo‘lsa, o‘rnatilgan amaliyotga ko‘ra, xizmatning o‘ziga qarshi sud jarayoni boshlanadi», — deb yozadi u, - «Bosh direktorni u boshqarayotgan platformada uchinchi shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarda ayblash uchun smartfondan oldingi davrdagi qonunlardan foydalanish noto‘g‘ri yondashuvdir».

Uning so‘zlariga ko‘ra, Telegram mukammal emas, biroq u ilova bilan bog‘liq har qanday suiiste’mollikni rad etdi.

«Ammo ba’zi ommaviy axborot vositalarida Telegram qandaydir anarxik jannat ekanligi haqidagi iddaolar mutlaqo noto‘g‘ri», — deb yozdi u. «Biz har kuni millionlab zararli postlar va kanallarni o‘chirib tashlaymiz».

Rossiyada tug‘ilgan, ammo hozirda fransuz fuqaroligi bo‘lgan Durov o‘tgan oy oxirida Fransiyada bolalar pornografiyasi, giyohvand moddalar savdosi va ilova bilan bog‘liq firibgarlik operasiyalari bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha hibsga olingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!