Tramp va Xarris teledebat qoidalari bo‘yicha kelishib olishdi

Tramp va Xarris teledebat qoidalari bo‘yicha kelishib olishdi

Seshanba kuni nomzodlarning debati bo‘lib o‘tadigan Amerikaning ABC telekanali ikki nomzod – Kamala Xarris va Donald Trampning mikrofonlari bir vaqtning o‘zida emas, navbatma-navbat yoqilishini ma’lum qildi. Bu haqda VVS yozgan.

Biroq o‘tgan haftada Xarris kampaniyasi kanal rahbariyatiga efir vaqtida raqiblarining mikrofonlarini o‘chirmaslikni so‘rab murojaat qilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

“Vise-prezident Trampning doimiy yolg‘on gapirishi va g‘iybati bilan real vaqtda kurashishga tayyor. Trampning ovozni o‘chirish tugmasidan foydalanishda davom etishi to‘xtatilishi kerak”, – dedi Brayan Fallon, Xarris shtabining aloqa bo‘yicha katta maslahatchisi.

Tramp raqibini suhbatdan qochishga urinayotganlikda aybladi.

“Aslida u javob berishdan qochdi, chunki u bahslashmoqchi emas. Aniqrog‘i, ular debat o‘tkaza olmaydi”, — dedi sobiq prezident.

Biroq, yakunda har ikki nomzodning saylov shtablari rahbarlari teleradiokompaniya taklif qilgan qoidalarga rozi bo‘lishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!