«Tungi poyezdlarda, frontda, bomba portlagan elektr stansiyasi oldidagi uzoq suhbatlar. Menda sizdek yaqindan ishlagan odamlarim kam»

«Tungi poyezdlarda, frontda, bomba portlagan elektr stansiyasi oldidagi uzoq suhbatlar. Menda sizdek yaqindan ishlagan odamlarim kam»

Germaniyalik Annalena Berbok iste’foga chiqqan Kulebani maqtadi.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ukrainalik hamkasbi Dmitriy Kuleba chorshanba kuni iste’foga chiqish haqida ariza berganidan keyin u bilan qilgan hamkorligini yuqori baholadi.

"Tungi poyezdlarda, G7da, frontda, Bryusselda, bomba portlagan elektr stansiyasi oldidagi uzoq suhbatlar. Menda sizdek yaqindan ishlagan odamlarim kam, @DmytroKuleba", deb yozdi u X'da.

— Sen o‘z yurtingning xalqini o‘zingdan ustun qo‘yding, — deb davom etdi u va Kulebaga eng yaxshi tilaklarni izhor qildi.

«Ukrainada tinchlik va erkinlik oxir-oqibat qaytganida biz yana uchrashamiz», deb yozgan Berbok.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!