Rossiya hududida yangi dron zarbalari: Rostov viloyatida neft ombori yonmoqda, Voronej viloyatida evakuasiya boshlandi

 Rossiya hududida yangi dron zarbalari: Rostov viloyatida neft ombori yonmoqda, Voronej viloyatida evakuasiya boshlandi

RFning Rostov viloyatiga 28 avgustga o‘tar kechasi dronlar hujumi uyushtirilgan. Viloyat gubernatori Vasiliy Golubev mintaqa osmonida to‘rtta dron urib tushirilganini yozdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Kamensk-Shaxtinskiy yaqinidagi neft bazasida bir nechta yoqilg‘i baklari yonayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, mahalliy aholi yong‘in boshlanishidan oldin "dronlarning xarakterli ovozi va portlash" tovushini eshitgan.

Kecha tunda Bryansk viloyati rahbari Aleksandr Bogomaz Kurkovichi qishlog‘iga uchuvchisiz samolyot hujumi sodir etilgani va uch kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi. TASS davlat agentligining yozishicha, Voronej viloyatida havo hujumidan mudofaa kuchlari samolyot tipidagi uchuvchisiz qurilmani urib tushirgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa vositalari Voronej viloyatida 8 ta, Rostov viloyatida esa yana 4 ta dronni urib tushirganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!