Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarning rekordini takrorladi

Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarning rekordini takrorladi

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining 17-turida «Sassuolo» (3:1) darvozasini ishg‘ol etdi.

Bu portugaliyalik futbolchi uchun klublar va milliy jamoadagi 759-gol bo‘ldi. Shu tariqa Ronaldu futbol tarixida rasmiy o‘yinlar doirasida eng ko‘p to‘p kiritgan Avstriya va Chexoslovakiya milliy jamoalari sobiq hujumchisi Yozef Bisanga yetib oldi. Bu – rekord!

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu avvalroq ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha futbol qiroli Peleni (757) ortda qoldirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!