Rishod Sobirov yangi lavozimga tayinlandi

Rishod Sobirov yangi lavozimga tayinlandi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizdagi jismoniy tarbiya va sport tizimidagi tashkilotlarda, sport federasiyalarda bu borada zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston kurash federasiyasi  ijroqo‘m a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham bu boradagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Unga ko‘ra, kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, dzyudo bo‘yicha uch karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni Rishod Sobirov federasiya raisining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Xuddi shuningdek, tajribali mutaxassis, qator xorijiy mamlakatlarda O‘zbek sporti kurash targ‘iboti bilan shug‘ullangan, Tailand, Qatar, Vyetnam, Indoneziya va Turkmaniston davlatlarida o‘tgan Osiyo o‘yinlarida kurash musobaqalarining tashkiliy ishlarida bevosita ishtirok etgan, o‘nlab jahon chempionlarining ustozi, xalqaro toifadagi hakam Olim Hayitov federasiyaning Ilmiy kengashiga rais etib saylandi.

Shu o‘rinda aytish joizki, so‘nggi paytlarda nafaqat kurashda, balki boshqa sport turlarida ham sport amaliyoti va ilmiy yondashuv bir biridan ancha ayro bo‘lib kelgandi. O‘zbekiston kurash federasiyasida Ilmiy kengashning joriy etilishi, Rishod Sobirovdek dunyo sportida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan dongdor sportchining milliy sportimizda munosib o‘rin egallashi ishonamizki, kurashning yanada yuksalishiga, soha mutaxassislarining har tomonlama salohiyatli bo‘lishida va eng muhimi, kurashning xalqaro maydonda yanada ommalashishiga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!