"Real" Nadal va Federer o‘rtasidagi tennis o‘yinini tashkil qilmoqchi

"Real" Nadal va Federer o‘rtasidagi tennis o‘yinini tashkil qilmoqchi

"Real Madrid" Rojer Federer va Rafael Nadal o‘rtasidagi o‘yinni yangilangan "Santyago Bernabeu"da tashkil qilmoqchi.

AS xabariga ko‘ra, Madrid klubi 2023 yilning yozida stadionda ta’mirlash ishlari yakunlangach, ko‘rgazmali o‘yin tashkil etishni rejalashtirgan.

Yig‘iladigan maysa "Real Madrid"ga har qanday turdagi tadbirlar uchun zarur bo‘lgan har qanday maydonni o‘rnatishga imkon beradi.

Eslatib o‘tamiz, Nadal “Real”ga muxlislik qiladi.

Federer yaqinda faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. Uning so‘nggi turniri kelasi haftada Londonda bo‘lib o‘tadigan Leyver kubogi bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!