"Real Madrid" braziliyalik futbolchini sotib olmoqchi

"Real Madrid" braziliyalik futbolchini sotib olmoqchi

Madridning "Real" klubi "Flamengo" yarim himoyachisi Joau Gomesga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi ESPN.

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" qishki transfer oynasida futbolchi sotib olmoqchi va u uchun 30 million yevro to‘lashga tayyor. Biroq transfer amalga oshsa, yarim himoyachi 2023 yilning yoziga qadar ijara asosida "Flamengo"da qoladi. Oldinroq braziliyalik futbolchiga "Liverpul" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

21 yoshli Gomes "Flamengo" safida 2021 yildan buyon to‘p tepadi. U klub safida jami 105 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!