Rasman! Xavi "Barselona"ni tark etmaydi

Rasman! Xavi "Barselona"ni tark etmaydi

"Barselona" prezidenti Joan Laporta bosh murabbiy Xavi yozda jamoani tark etmasligini aytdi.

"Men Xavining "Barselona" murabbiyi sifatida davom etishini e’lon qilishdan mamnunman. U avvalroq bir nechta bayonotlar berib, ketish haqida o‘ylayotganini aytgandi, biroq kecha men u bilan gaplashish imkoniga ega bo‘ldim va u loyihamizni rivojlantirishda davom etishga tayyor ekaniga ishonch bildirdi", — deya Laporta so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Yanvar oyida Xavi muxlislar bosimi va og‘ir emosional holatdan shikoyat qilib, joriy mavsum oxirida "Barselona"ni tark etish niyatida ekanligini tan oldi.

Fevral oyidan beri "Barselona" barcha musobaqalar bo‘yicha 14 o‘yinda 9 ta g‘alaba qozondi va 2020 yildan buyon ilk bor Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqdi va u yerda "Pari Sen-Jermen"ga mag‘lub bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!