Rasman! AQSh Baydenning g‘alabasini tasdiqladi

Rasman! AQSh Baydenning g‘alabasini tasdiqladi

AQSh Kongressi maxsus yig‘ilishida demokratlar nomzodi Jo Bayden 2020 yil noyabrida o‘tkazilgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganini rasman tasdiqladi.

Jo Bayden saylovchi delegatlarning 306 ovozini, amaldagi prezident, respublikachi Donald Tramp — 232 ovoz olgani rasman e’lon qilindi.

Respublikachilarning bir qator shtatlarda, shu jumladan, Pensilvaniya va Jorjiya shtatlarida ovoz berish natijalarini qayta hisoblash bo‘yicha urinishlari besamar ketdi.

Endilikda 20 yanvar kuni Bayden qasamyod qabul qilib, AQShning 46-prezidenti sifatida ishga kirishishi mumkin bo‘ladi.

  • Saylov natijalarini tasdiqlash uchun Kongressning Senat va Vakillar palatasi a’zolari ishtirokidagi qo‘shma yig‘ilishi 6 yanvar kuni kunduzi o‘tkazilishi kerak edi. Ammo Trampning tarafdorlari Kapitoliyni qamal qilishi natijasida majlis bir necha soatga to‘xtab qolgandi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!