Qur’oni karimning navbatdagi nashri sotuvga chiqarildi

Qur’oni karimning navbatdagi nashri sotuvga chiqarildi

17 avgust kuni «Hilol-nashr» nashriyot-matbaasi tomonidan Qur’oni karimning navbatdagi 10 000 nusxasi sotuvga chiqarildi.

Bu kitobning oltinchi bor nashr qilinishi.

Qur’oni Karimning bugun sotuvga chiqarilgan nusxasi avvalgilaridan bir qator jihatlari bilan farq qiladi. Jumladan, uning xati butun dunyo musulmon xalqlari o‘rgangan qadimiy Madina nusxasiga, sahifa va qatorlariga to‘liq mos keladi. Oyat raqamlarining gardishlari hamda har bir sahifaning atrofidagi naqsh va boshqa bezaklar o‘zbek milliy naqshlari bilan almashtirildi. Sahifalarning rangi o‘quvchilarga yengillik bo‘lishi uchun sariq hamda och sariq rangda tayyorlandi.

Bugun erta tongdan «Hilol-nashr» nashriyot-matbaa savdo do‘koni oldi yana Qur’oni karim muxlislari bilan gavjum bo‘ldi. Nashriyotning markaziy do‘konida Qur’oni karimning narxi 32 ming so‘mda sotilmoqda.

Nashriyot do‘konlari, shuningdek, hududlardagi hamkor kitob do‘konlariga ham belgilangan yagona narx — 32 ming so‘mdan sotish sharti bilan tarqatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!