Qudratillo Abduqahhorov navbatdagi jangini IBF kamarining chempioniga qarshi o‘tkazadi

Qudratillo Abduqahhorov navbatdagi jangini IBF kamarining chempioniga qarshi o‘tkazadi

O‘zbekistonlik professional bokschi Qudratillo Abduqahhorov yaponiyalik Keita Obarani mag‘lub etdi.

Professional boksning yarim o‘rta (-66.68kg) vazn toifasida jang qiladigan o‘zbekistonlik sportchi Qudratillo Abduqahhorov (16 0, 9 KO) IBF kamariga eng asosiy da’vogar bo‘lish uchun yaponiyalik Keita Obaraga (20 4 1, 18 KO) qarshi jang o‘tkazdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

12 raundga mo‘ljallangan mazkur bahs AQShning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tdi. To‘liq davom etgan jangda hakamlarning barchasi bir ovozdan hamyurtimizning g‘alabasini tasdiqladilar (115 113, 118 110, 117 111).

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu g‘alabadan keyin Abduqahhorov IBF reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi va kamar sohibi bilan jang qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mutaxassislar fikricha, mazkur jang majburiy statusga ega bo‘lib, yaqin oylar ichida yurtdoshimiz yarim o‘rta vaznning IBF kamari uchun ringga ko‘tarilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, IBF kamarining amaldagi chempioni AQSh vakili Errol Spens (25 0, 21 KO) sanaladi. Shuningdek, Qudratillo WBC yo‘nalishi reytingining uchinchi pog‘onasida turibdi.

Manba: gazeta. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!