QQDUda vazir o‘rinbosari tomonidan vebinar dars tashkillashtirildi

QQDUda vazir o‘rinbosari tomonidan vebinar dars tashkillashtirildi

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida OTMlarda yoshlarga oid davlat siyosati, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy va sport sog‘lomlashtirish, har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash yo‘nalishini rivojlantirish hamda bu borada olib borilayotgan ishlar bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy, yoshlar masalalari va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha barcha rahbar va mas’ul xodimlari qatnashdi.

Tadbirni QQDU rektori A.Reymov boshqarib bordi. Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari YU.Absoatov, vazirlikning ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i O.Bazarovlar qatnashdi. 

Joriy yil 31 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev olimlar, yosh tadqiqotchilar, ishlab chiqarish vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan uchrashgan edi. 

 (https://president.uz/uz/lists/view/3332)Mazkur uchrashuvda YU.Absoatov davlatimiz rahbariga OTMlar va maktablarni o‘zaro elektron tarzda ulab, onlayn darslar tashkil etish g‘oyasini ilgari surgan edi. 

Mazkur tashabbus Prezidentimiz tomonidan qullab-quvvatlanib, QQDUda vazir o‘rinbosari boshchiligida kimyo darsi bo‘yicha test rejimida birinchi vebinar dars tashkillashtirildi.

Vebinarga Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi maktablarning kimyo fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Shuningdek, ushbu vebinar darsni onlayn tarzda O‘zMU, SamDU, BuxDU, UrDUning tegishli fan o‘qituvchilari kuzatib borishdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!