Qozog‘istonda ommaviy "svet" o‘chishi kecha boshlangan — manba

Qozog‘istonda ommaviy "svet" o‘chishi kecha boshlangan — manba

Turk matbuoti Qozog‘istonda kecha elektr ta’minotidagi uzilishlar boshlanganini yozmoqda.

Qishning o‘rtalarida elektr tarmoqlaridagi nosozlik tufayli mamlakatda past kuchlanish boshlandi. Shundan so‘ng Qozog‘istonning janubiy viloyatlarida, xususan, Olmaota shahrida elektr energiyasi butunlay o‘chirildi.

Kechadan boshlab uzilgan elektr energiyasini qayta tiklash ishlari boshlangani, banklar, zavodlar, savdo markazlari va mamlakatning ko‘plab hududlarida ishlab chiqarish to‘xtatilgani e’lon qilindi, deb yozadi Sondakika.

25 yanvar kuni tushda Markaziy Osiyo davlatlari hududida elektr ta’minotida favqulodda uzilish yuz berdi.

Qirg‘izistonning deyarli butun hududida, Qozog‘istonning janubi-sharqida, shuningdek, O‘zbekistonning janubi-g‘arbiy qismida elektr energiyasi uzildi.

Gazeta yozganidek, Qozog‘istonda boshlangan elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli bir liniya orqali elektr energiyasi olgan Qirg‘iziston va O‘zbekiston jabr ko‘rdi. Qirg‘izistondan berilgan bayonotda poytaxt Bishkek va ikkinchi yirik shahar O‘sh hamda mamlakatning boshqa viloyatlarida elektr energiyasi uzilgani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, mamlakatda mobil aloqa va internet uzilib qolgan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilgan.

O‘zbekiston Energetika vazirligi ham 25 yanvar kuni ertalab mamlakatning ko‘plab hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar boshlanganini ma’lum qildi. Vazirlik Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston yagona elektr tarmog‘idan foydalanishini ta’kidladi. Keyinchalik har bir mamlakat elektr ta’minotini tiklashni e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!