Qozog‘iston kasalxonalariga maymunchechakka tayyorgarlik ko‘rish buyurildi

Qozog‘iston kasalxonalariga maymunchechakka tayyorgarlik ko‘rish buyurildi

Qozog‘iston bosh sanitariya vrachi mamlakatga maymunchechak (Monkeypox yoki Mpox virusi) kirib kelishi va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Hujjat maymunchechakka qarshi sanitariya-profilaktika tadbirlarini o‘tkazishni nazarda tutadi. Qozog‘istonning barcha hududlaridagi mahalliy ijroiya organlari va sog‘liqni saqlash organlariga quyidagilarni ta’minlash topshirilgan:

  • mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, maymunchechakka shubha qilingan shaxslarni aniqlash, epidemiologik anamnez yig‘ish, izolyasiya qilish, davolash, muloqotda bo‘lgan shaxslarni tibbiy kuzatish bo‘yicha sog‘liqni saqlash tashkilotlari tibbiyot xodimlarining hushyorligini oshirish bo‘yicha o‘qitish;
  • maymunchechak bilan kasallangan bemor (shubha qilingan shaxslar) yotqizilish uchun yuqumli kasalliklar shifoxonalarini tayyorlash;
  • maymunchechakka chalingan (yoki shubha qilingan) bemorni tashxislash va tashish;
  • odamning maymunchechak bilan kasallanishi va kasallikda gumonlangan har bir holat to‘g‘risida zudlik bilan xabar berish;
  • maymunchechak bilan kasallangan (yoki shubha qilingan) shaxslardan namuna olish va laboratoriya tekshiruviga yuborish;
  • kasallangan bemorlarni (shubha qilingan shaxslarni) aniqlash, kasalxonaga yotqizish va davolashda yuqumli kasalliklar va boshqa sog‘liqni saqlash tashkilotlarida biologik xavfsizlik talablariga rioya etish;
  • sog‘liqni saqlash tashkilotlarida shaxsiy himoya vositalari, dori-darmonlar va dezinfeksiya vositalarining doimiy zaxirasi mavjudligi;
  • chet ellik talabalarni, so‘nggi 21 kun ichida maymunchechak tarqalgan mamlakatlarga borgan yoki u yerlardan kelgan Qozog‘iston fuqarolarini ham tibbiy kuzatuvdan o‘tkazish;
  • dunyo miqyosida epidemiologik vaziyat murakkablashgan davrda aholini maymunchechakning oldini olish masalalari bo‘yicha xabardor qilish.

Bundan tashqari, hujjat har bir qatnovdan so‘ng transport vositalarini, aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, avtostansiyalar va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish punktlarini dezinfeksiya qilishni ham o‘z ichiga oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!