Qoyil! Andijon dunyoni ham ortda qoldiradigan bo‘ldi

Qoyil! Andijon dunyoni ham ortda qoldiradigan bo‘ldi

Andijon aeroporti qayta ta’mirlanib, o‘rnida jahon standarti talablariga har tomonlama javob beradigan, O‘zbekiston gerbi timsolidagi dunyodagi birinchi ekoaeroport quriladi.

Joriy yilning 25 iyun kuni viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Xitoyning “Zhejiang Comminications Construction Group Co. Ltd” kompaniyasi vakili Xu Ren Kiong va Italiyaning “Evrokom” kompaniyasi raisi Valter Ferroni qabul qildi va ular tomonidan ilgari surilayotgan investision loyihalar bilan tanishdi.

Viloyat rahbari mehmonlarga mamlakatimizda so‘nggi yillarda investision loyihalarni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilayotganligi, bundan unumli foydalanish har bir investorning o‘ziga bog‘liqligini, hokimlik tomonidan qanday yordam kerak bo‘lsa tayyor ekanligini bildirdi.

- Andijon aeroportini mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda ko‘zdan kechirdik, - deydi Xu Ren Kiong. – To‘g‘risi, qiziqishimiz yanada ortdi. Ushbu aeroport o‘rnida yangi, zamonaviy jahon standarti talablariga javob beradigan ekoaeroport barpo etiladi. Loyihaning e’tiborli jihatlaridan yana biri port terminali O‘zbekiston gerbi timsolida bo‘ladi. Qurilish ishlari joriy yilning avgust-sentyabr oylarida boshlanib, kelgusi yilning oxiriga qadar yakunlanadi.

- Kompaniya xalqaro miqyosidagi yirik loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi, - deydi Valter Ferro. – Andijondagi bir qator loyihalarga qiziqish bildiryapmiz. Jumladan «Andijan City» loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish taklifini berganmiz. Mutasaddilar ushbu tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlashiga ishonamiz.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.

Shuningdek, viloyat rahbari Pokiston va Turkiyadan tashrif buyurgan investorlar bilan ham uchrashib, muzokaralar olib bordi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!