Qotil ota aybini 9 yoshli qizalog‘iga ag‘darmoqchi bo‘ldi

Qotil ota aybini 9 yoshli qizalog‘iga ag‘darmoqchi bo‘ldi

Xotinini o‘ldirganlikda ayblangan birja brokeri aybini 9 yoshli qizalog‘iga ag‘darmoqchi bo‘ldi. Bu haqida New York Post xabar berdi.

Nyu-York shahrining fuqarosi Rod Kovlin qizini qotillikda ayblashga qaror qildi. Buning uchun u qizning uyali telefonida maxsus iqrornoma yozdi va uning nomidan qilgan jinoyatini tan oldi va qizining qanday qilib onasini zinadan itarib yuborgani haqida yozdi:

Men juda ham qo‘rqib ketgandim va onamning o‘limida o‘zimni aybdor his qilardim, yolg‘on gapirdim, u zinadan yiqilib tushmagandi... O‘sha kuni biz uning sirli uchrashuvi sabab janjalashib qoldik, g‘azablandim va natijada uni itarib yubordim. Unga ozor yetkazmoqchi emasdim, qasam ichaman!

Ammo polisiya bu iqrornomaga ishonmadi. Vaholanki endigina 9 yoshga kirayotgan qizloqning bundan so‘zlarni yozishga aqli yetmasdi. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!