Qoraqalpoq xalq yozuvchisi Tulepbergen Kaipbergenov haqida hujjatli film suratga olindi

Qoraqalpoq xalq yozuvchisi Tulepbergen Kaipbergenov haqida hujjatli film suratga olindi

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Tulepbergen Kaipbergenov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film suratga olindi.
"Qora uydan keng dunyoga" deb nomlangan kartina "Qoraqalpoqfilm" tomonidan O‘zbekiston kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan.
Film ssenariy muallifi Baxtiyor Madiyorov, rejisser Bautdin Boymirzayev.
Qoraqalpog‘iston qahramonining farzandi Adilbek Kaipbergenov film davomida Tulepbergen Kaipbergenov bu dunyoda uch narsa: Vatani, xalqi va adabiyotni deb yashaganini aytib o‘tadi.
Filmda rollarni Farit Uzakbergenov, Bazarbay Uzakbergenov, Davirxan Yembergenov, Aybek Shavdurbayev, Aysultan Sharipova, Sarbinaz Xabipovalar ijro etishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!