Qoraqalpog‘istonlik talabalar Regbi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi g‘olibi bo‘lishdi

Qoraqalpog‘istonlik talabalar Regbi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi g‘olibi bo‘lishdi

26-28 oktyabr kunlari Toshkent shahrida sportning regbi-7 turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi va chempionati o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jamoalar ishtirok etdi. Ushbu musobaqalarda munosib ishtirok etgan respublikamizning o‘g‘il bolalar va qizlar terma jamoalari g‘oliblar qatoridan joy olib qaytdi. Ular orasida institutimizning jismoniy madaniyat fakulteti talabalari ham borligi biz uchun katta g‘urur hisoblanadi.
1996 yili tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqalarida Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan Nukus oliy sport mahorat maktabi qizlar jamoasi tarkibida ishtirok etgan institutimizning jismoniy madaniyat fakulteti 3-kurs talabasi Gulim Begmanova, 1-kurs talabalari Umida Baltabayeva va Gulnaz Utepbayevalar terma jamoamiz g‘alabasiga munosib hissa qo‘shib, O‘zbekiston kubogi g‘olibi bo‘ldi.

Shu bilan birga, poytaxtimizdagi respublika o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘g‘il bolalar jamoasi tarkibida ishtirok etgan jismoniy madaniyat fakulteti 1-kurs talabalari Aydos Niyazov va Yernazar Maxambetkarimovlar o‘z o‘yinlari bilan terma jamoamizning O‘zbekiston kubogi g‘olibi bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi.
Yana bitti quvonchli tomoni, kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida qizlarimiz 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, o‘g‘il bolalarimiz faxrli 3-o‘rindan joy oldi.
Sportchi o‘g‘il-qizlarimizning mazkur katta musobaqada yaxshi natijani qayd etishida institutimizda sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar va professor-o‘qituvchilarning bergan ko‘nikmalari asos bo‘lib xizmat qildi.

Manba: kruz.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!