Qoraqalpog‘istonda 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Qoraqalpog‘istonda 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.E. boshqa bir fuqaro SH.ga go‘yoki o‘zini Davlat test markazida ishlovchi shaxs sifatida tanishtirib, unga “Ali” ismli tanishi orqali o‘qishga kira olmagan abituriyentlarning ballarini kirish ballariga tenglashtirib, jami 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 83 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!