Qonun buzilish holatlarining aksariyati hokimliklarga to‘g‘ri kelmoqda

Qonun buzilish holatlarining aksariyati hokimliklarga to‘g‘ri kelmoqda

Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmlari davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida o‘tkazilgan tekshirishlarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, joriy yilning 10 oyi davomida Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan aniqlangan 6 370ta qonun buzilishi holatlari hokimliklarga to‘g‘ri keladi. Shundan, 2 882ta holatda arizalarni ko‘rib chiqish muddati buzilgan, 741 tasi bo‘yicha ortiqcha hujjatlar talab qilingan, 28 ta xizmatlar markazlar orqali emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan, 24 ta arizalarga assosiz rad javobi berilgan hamda 2 695 ta boshqa qonun buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan.

Mazkur sohada aniqlangan qonun buzishlarning 3 393tasi dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilish uchun lisenziya berish xizmatiga, 1 988tasi umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogolli mahsulotlarni sotish va 285 tasi alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish uchun ruxsat guvohnomasi berishga, 463 tasi turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berishgato‘g‘ri kelmoqda.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnomlar, qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohnomalar kiritilgan. Aybdor shaxslarga nisbatan ma’muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilgan. Bu xaqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada, 144 ta shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, shundan, 20 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 117 nafar shaxslar davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini buzganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Masalan, Taxiatosh tumanida yashovchi A.E turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsat berish haqidagi murojaati tuman hokimligi tomonidan belgilangan muddat va tartibda ko‘rib chiqilmaganligi natijasida tuman hokimi o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2155-moddasi 1-qismi bilan eng kam oylik ish hakining uch barobari miqdorida jarimaga tortildi.

Darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!