Qiziltepa tumanida tibbiyot xodimlari paxtaga jalb etildi

Qiziltepa tumanida tibbiyot xodimlari paxtaga jalb etildi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tibbiyot xodimlari paxtaga majburan jalb etildi. Paxtaga chiqishdan bosh tortganlar uchun tunggi navbatchilik yozilmayapti. Bu haqda tuman tibbiyot birlashmasining bir guruh xodimlari xabar berdi.

Birlashmadagi “Reanimasiya” bo‘limi 10 kunlik paxta terimiga olib ketilgan. Qolgan bo‘limlar dalaga kun davomida olib chiqiladi. Xodimlar 26 oktyabr kuni tongda tumandagi “Oltin vodiy” to‘yxonasiga to‘plangan va jamoaviy olib ketilgan.

Hamshiralar dam olish kunlari terimga chiqarilayotgani bois, ish jarayonida xodimlar yetishmovchiligi kuzatilmagan. Xodimlarga ularning asosiy ish o‘rinlarida qolishi paxta terimiga chiqishiga bog‘liqligi bo‘limlarda o‘tkazilgan yopiq yig‘ilishlarda muntazam aytib kelinmoqda.

Ismi oshkor etilishini istamagan tibbiyot xodimlari bergan ma’lumotga ko‘ra, xodimlar terimga ixtiyoriy ravishda chiqayotgani haqida ariza yozib, bosh hamshiraga topshirsagina tunggi navbatchilikka turishga ruxsat berilyapti.

Turon24ga ushbu holat yuzasidan xabar bergan, ammo ismi oshkor etilishini istamagan tibbiyot xodimi tuman hokimligiga murojaat qilgach, murojaatning ertasi kuniyoq xodimlar “Oltin vodiy” to‘yxonasiga yig‘ilmaydigan bo‘lishgan. Biroq terimchilar mahalliy aholi “Bo‘ston pavaroti” deb ataydigan yo‘l yoqasida to‘planmay “Damas”larda tezlikda paxta dalalariga olib ketila boshlagan.

Shuningdek, tumaning “G‘ardiyon” MFY hududida joylashagan 21-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari ham paxta terish uchun 15 kunga olib ketilgan. Sog‘ligi va oilaviy sharoiti to‘g‘ri kelmagan muallimlar har bir kun uchun 25 ming so‘mdan hisoblab terimchi yollashgan.

Manba: turon24


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!