Qirq yillik namozingga faxrlanma!

Qirq yillik namozingga faxrlanma!

U soqolini silab faxr bilan dedi:

— Alhamdulillah! Qirq yildan beri namozimni qazo qilmadim!

Men o‘zimga-o‘zim dedim:

— Subhanalloh!  Qirq yildan beri har kun kamida yigirma marta "Bizni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qil", deb takror qilamiz. Ammo to‘g‘ri bo‘lishdan bosh tortamiz.

Qachon bir birodarimizning go‘shtini yeyish imkoni bo‘lib qolsa, uni qo‘ldan chiqarmaymiz. Ishtaha bilan yeymiz. Agar birovga tilyog‘lamalik qilish va munofiqlik qilish o‘zimizga manfaat berishini bilsak, albatta, tilyog‘lamalik va munofiqlik qilamiz.

Yolg‘on foyda keltirishini sezib qolsak bas, yolg‘onni yamlamay yutamiz.

Ahdni buzish o‘zimizga foyda berishini bilsak bo‘ldi, ahdni qo‘rqmay buzib yuboraveramiz.

Zolim va fosiqlarning gapiga qarsak chalish imkoni berilsa, zavq va shavq bilan qarsak chalamiz.

Namozda aytayotgan so‘zlarimizni haqiqatdan idrok qilamizmi?

Haqiqatdan ham, Allohdan bizni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilishini so‘rayapmizmi?

Yoki namozlarimiz faqat shakliy ko‘rinishdan iborat bo‘lib qoldimi?

Qirq yil namoz o‘qisang-u namozing seni munkardan to‘sa olmasa, hayotingni o‘zgartira olmasa, buning ma’nosi nima?!

Muhammad al-Faqih.

Abdulqodir Polvonov tarjimasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!