Qirg‘izistonning yangi muftiysi saylandi

Qirg‘izistonning yangi muftiysi saylandi

Abdulaziz qori Zokirov Qirg‘izistonning yangi muftiysi etib saylandi. Qirg‘iziston musulmonlarining navbatdan tashqari qurultoyida shunday qaror qabul qilindi.

Zokirov 45 yoshda. Diniy ta’limni Turkiyada va Bishkekdagi Islom institutida olgan. Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasining yangi rahbari ham yuridik ma’lumotga ega.

U muftiy etib tayinlanguniga qadar Jalolobod viloyati Bozorqo‘rg‘on tumani bosh imom-xatibi lavozimida ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!